Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali suhbatda Ukrainadagi operatsiyadan maqsadni aytdi. «RIA Novosti»ning Lukashenkoga tayanib xabar berishicha, bu «Donetsk va Lugansk viloyatlarida xalq genotsidining to'xtatilishi»dir. Bugun erta tongda Putin Ukrainada harbiy maxsus operatsiya boshlanganini e'lon qildi.