Priti Zintaning allaqachon oila qurgani ma’lum bo‘ldi
Bollivudning eng go‘zal, nafosatli, iste’dodli aktrisalaridan biri Priti Zintaning turmushga chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlarning tarqalganiga ham salkam 1 yil bo‘ldi. Ammo bugungacha Priti bu boradagi savollarning hech biriga javob bermagan. Shu sababli ham OAV tomonidan to‘xtovsiz ravishda uning har bir qadami poylanib, u ishtirok etadigan davralar doimiy nazoratda bo‘lib kelayotgan edi.
Kuni kecha,13 may kuni “Pinkvilla.com” nashri Pritining turmushga chiqani munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir haqida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Priti o‘z sevgan kishisi Jin Gudenafga turmushga chiqqan. To‘y 2016 yilning 28 fevralida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan. To‘yda ikki yoshning oila a’zolari, do‘stlari va Bollivudning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari ishtirok etgan.
Kecha Mumbayda o‘tkazilgan tadbir esa Bollivud olami, OAV va albatta, muxlislar uchun navbatdagi kichik to‘y tadbiri edi.
Dizayner Manish Malxotra tomonidan yaratilgan qizil ko‘ylakda Priti viqor bilan turmush o‘rtog‘ining yonida turar ekan jurnalistlar va suratkashlarning suratga olishlariga imkon yaratdi.