Hindiston kinosining yorqin yulduzlaridan biri Priti Zinta bir necha kundan so‘ng o‘zining sevgan insoni Jin Gudenga turmushga chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yaqin kunlarda ana shu qarorga kelgan. Bu haqda “Dnaindia.com” nashri xabar beradi.
Ommaviy axborot vositalari berayotgan xabarlarda ularning to‘yi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. To‘y marosimi 12 fevraldan 16 fevralga qadar davom etadi.
5 kun davomida nishonlanadigan tantanaga Priti Bollivuddagi o‘zinig eng yaqin do‘stlarini taklif etgan. Aytish lozimki, ikki yosh 2014 yil tanishishgan.
Bir necha oy avval bergan intervyularida Priti to‘y marosimining yanvar oyida bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarni inkor etgan holda quvonchli yangilikni u o‘z vaqtida, shaxsan xabar qilishga va’da qilgandi. Mana, u o‘z va’dasini turib o‘z muxlislariga quvonchli xabarni yetkazdi.