Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Pol Pogba jarrohlik amaliyotidan bosh tortdi

Pol Pogba JCH—2022 ni o‘tkazib yubormaslik uchun jarrohlik amaliyotidan bosh tortdi

“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba tizzasini operatsiya qildirishdan bosh tortdi, deya xabar beradi “Chempionat”.

Fransuz joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatini o‘tkazib yubormaslik uchun jarrohlik amaliyotidan voz kechdi. Pogba jarohatni konservativ usulda da’volash qaroriga kelgan.

Pogba jarohatidan qutulish uchun boshqa bir variant ham mavjud edi — uni tikish. Ammo bu o‘yinchini 4-5 oyga safdan chiqishga majbur qiladi. Shu tariqa Pogba munialni o‘tkazib yuborishi mumkin edi.

29 yoshli futbolchi yozda erkin agent sifatida “Yuventus” safiga qaytdi. Ma’lumot uchun, fransuz 2012-yildan 2016-yilgacha ham Turin klubida o‘ynagan, shundan so‘ng 100 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi.



Manba:Daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 731 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pogba, amaliyotidan, Pol, tortdi, bosh, jarrohlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное