Parijda Eyfel minorasining chiroqlari o‘chirib qo‘yildi
“Er soati” aksiyasi doirasida Parijda Fransiyaning eng mashhur ramzlaridan, dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri hisoblanadigan Eyfel minorasidagi yoritish tizimi bir necha daqiqaga o‘chirib qo‘yildi. Shuningdek, Parij Bibi Maryam ibodatxonasi, Nogironlar uyi, Garne operasi binosi, shahar meriyasi, ko‘priklar, favvora va maydonlarning yoritish tizimlari ham o‘chirib qo‘yildi.
Eyfel minorasining yoritish tizimi xavfsizlik nuqtai nazaridan bor-yo‘g‘i 5 daqiqaga o‘chirildi. “Er soati” aksiyasida Parijdan tashqari boshqa fransuz shaharlari, shu jumladan, Nant va Bezanson shaharlari ham ishtirok etdi.
Sayyoramizning tabiiy zaxiralariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqiruvchi “Er soati” aksiyasini joriy yilda 170 dan ko‘proq davlat qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Moskvada ushbu tadbir davomida 399 MVt elektr energiyasi tejalgani ma’lum qilingan edi.