Xonandalar Oybek va Nigora bugun farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandalarning hamkasblari o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berib ularni qutlashmoqda.
Nigora 27 avgust kuni Toshkent shahridagi tug‘ruqxonalardan birida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Bu haqda Nigora o‘zining Instagramdagi saxifasida shunday deb yozadi: “Ollohga shukr, ona bo‘ldim”.
Fursatdan foydalanib, ularni yangi mehmon bilan “Darakchi” ijodiy jamoasi nomidan qutlaymiz.
Ma’lumot uchun, Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabr kuni turmush qurgan edi.