Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

“Olma, qalam, yalang‘och ayol…”


Olma…
Qalam…
Yalang‘och ayol…

Do‘stim, agar mana shu so‘zlarni o‘qiganingizda (yoki eshitganingizda) xayolingizdan yorug‘lik tezligida shu so‘zlarning tasviri bir o‘tib ketgan bo‘lsa, demak miyangiz normal holatda ishlayotgan ekan. Bugun siz bilan miya va uning vazifalari haqida emas, balki miyani buzuvchi ayrim unsurlar haqida gaplashmoqchimiz.

“Uchburchak”… “Qaynotasi hirs bilan qaragan kelin”…

Qalay? Kalla hali ham joyidami? Aslida bu mavzu haqida yozmoqchi emas edik. Vaqt o‘tishi bilan odamlar unutar, degan umidimiz bor edi. Lekin, kun.uz sayti tomonidan e’lon qilingan shoir Xurshid Davronga tegishli maqola va unga qarshi bildirilgan ba’zi fikrlar “yozmasak bo‘lmas ekan”, degan o‘yga olib keldi.

”Uchburchak”mi yoki “Ikki burchak”?

Kechirasizlar-kuya, ko‘rsatuvchi opalar, ha, bu ko‘rsatuvlaringda uch tomon ishtirok etishi kerak emasmidi: bir burchakda “aybdor”, ikkinchi burchakda “mazlum”, uchinchi burchakda esa oddiy xalq? Sizlar nima qildilaring? Faqat mazlumni (agar mazlum bo‘lsa) olib kelib, uni rosa “gapirtirdilaring-ku”. Ko‘rsatuvlaring faqat 2 ta “burchak” dan iborat bo‘ldi, xolos. Shuncha sharmandalikka chiday olmay televideniyagacha kelgan o‘sha qaynona va qaynotaning himoya “burchak” ini yaqindagina ko‘rsatganlaringni hisobga olsak, demak “qahramon kelinimiz” ning ham “burchak” lari toza emas, shekilli?! Lekin, bu yerda biz “kim aybdor” degan savolga javob bermoqchi emasmiz. Balki, bir ko‘zi o‘yilib kelgan odam qoziga “Qo‘shnim ko‘zimni o‘yib oldi. Uni jazolang!” desa, qozi o‘sha qo‘shnini ko‘rmasdan turib jazoga shoshilmasligi kerakligini aytmoqchimiz xolos. Balki, qo‘shnining har ikkala ko‘zi ham o‘yilgandir… A, labbay?!

Xo‘sh, “kenayi”, maqsad nima edi? (So what?!)

Yotog‘ingizgacha aytib berdingiz, maqsad nima edi? Hatto, mahalla sizni boshqa uyga chiqarishga yordam ham qilmoqchi ekanligini o‘z og‘zingiz bilan aytdingiz-ku. Demak, maqsad yarashish emas, balki o‘sha kelin bo‘lib tushgan oilangizni butun O‘zbekistonga sharmanda qilish bo‘lgan. Aslida siz avvalo o‘zingizni o‘zingiz sharmanda qilib bo‘ldingiz. Siz «yaxshilikni ko‘zlab» (?) aytib bergan gaplaringizni farosatliman degan ayol hech qachon ayta olmas edi.

“Meni qaerdadir yalong‘och ko‘rgan ekanlar-da…” Iyi-iyi, shoshilmasdan gapiring, opa! Bizning ham miyyamiz normal holatda ishlaydi! Sizni o‘sha joyni o‘zidayoq qandaydir “boshqachaaa” tasavvur qilib qo‘ygan erkaklar yo‘q, deb o‘ylaysizmi?! Undan tashqari, bu ko‘rsatuvdan keyin oilangiz bilan qayta yarasha olmasligingiz yuz foiz aniq bo‘lib qoldi-ku. Endi siz kabi eridan ajralgan “mashhur” juvonga qalbida marazi bor kimsalar qanday ko‘z bilan qarashini kutyapsiz?! “Mehr” ko‘zi bilan qarasinlarmi?!

G‘arbdagi “gey”lik ham hazil-muhokamadan boshlangan

“Juda yaxshi ko‘rsatuv qilishibdi. Ko‘proq shunaqa ko‘rsatuvlar qilinishi kerak. Axir qachondir bu kabi holatlarni ommaga aytish kerak-ku. Qachongacha yashirib yuramiz? Yurtimizda bu kabi holatlar oz deb o‘ylaysizmi? Nechta bechora kelinlar bu kabi holatlarni yashirib yuribdi.”
To‘g‘ri! Gaplaringizda jon bor. Lekin, chala jon… Birodar, yaqinni emas, uzoqroqni ko‘zlab ish qilaylik! Axir, bir xonadon emas, yurtning ma’naviy kelajagi haqida gap ketyapti.

“So‘z erkinligi” dedingiz. Lekin, bu birovning sha’nini bulg‘ab tashlash degani emas. “Sizning erkinligingiz boshqalarning erkinlik chegarasida tugaydi”, axir. To‘g‘ri, qahramonimiz erkin gapirdilar (ba’zida juda ham erkin gapirvordilar), lekin rost gapirdilarmikan? Balki, uchinchi “burchak” egalarini ham eshitib ko‘rarmiz? Balki, ularning “ikkala ko‘zlari ham o‘yilgandir”?
“Bu kabi holatlarni ommaga olib chiqish kerak, isloh qilish kerak” dedingiz. To‘g‘ri, isloh qilish kerak. Lekin, o‘z doirasida isloh qilish kerak. Butun O‘zbekistonga ko‘rsatish shart emas. Bu ko‘rsatuvni ko‘rgandan keyin boshqa kelinlar ham qaynotalari oldida hadiksirab qolmaydimi? Bu kabi narsalar xayolining bir burchagiga ham kelmagan qaynotalar o‘zlari xohlamasada shayton ularni qiynab tashlamaydimi? Shariatimizda ham foyda va zarar teng kelib qolsa, doimo zararni oldi olingan-ku, axir. Qirq yil oldin agar kimdir ommaga mana shunday oilaviy muammoni olib chiqqanidami, odamlar bu kabi “uchburchak” larni “dumoloq” qilib qo‘ygan bo‘lar edi. Nega? Chunki ular bu kabi holatning hatto bo‘lishini ham tasavvur qila olmas edilar. Bizga qoyil! Mana muhokamaga yo‘l ochib berib tasavvurimizni ham ancha boyitib oldik. Keyingi bosqich nima deb o‘ylaysiz?! Bu kabi holatlarni tez-tez reklama qilish va o‘sib kelayotgan yoshlar ongida “bu holat oddiy holat ekan-da” degan o‘yni shakllantirishmi?! “Anti reklama ham reklama”, birodar! G‘arbdagi bachchavozlikning bugungi erkin targ‘iboti ham bu kabi illatning keng omma muhokamasiga qo‘yib berilishi bilan boshlangan…

“Nechta kelin bu kabi holatni yashirib yuribdi” dedingiz. Yashirib yurgan bo‘lsa, siz qaerdan bila qoldingiz, taqsir?! Men ishonamanki, yurtimizda bu kabi holatlar deyarli uchramaydi. Agar b’azi-ba’zida bu kabi “kurmak”lar uchrab qolsa ham, ular tor doirada muhokama qilinishi va chora-tadbirlar ko‘rinishi kerak. Axir yeyayotgan oshingzidan kurmak chiqib qolsa, boshqalarga ham ko‘rsatishingiz shart emask-u. Sekin bir chekkaga tashlab qo‘yavering, birodar!

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, avvalo yurtimizdan mana shunday holatlarning hatto hidining kelib qolishi ham achinarli holdir. O‘lganning ustiga tepgan qilib butun O‘zbekistonga bu “kashfiyot”ni “reklama” qilish esa bundanda achinarli holat. Bu kabi ko‘rsatuvlarning foydasidan ko‘ra xalqqa va endigina shakllanib kelayotgan yoshlarimizga zarari ko‘proq bo‘ladi. Kitoblar o‘qilmay qo‘yilgan zamonamizda televizorlar ko‘pchilikning ma’naviy ozuqasi bo‘lib qoldi. Televideniya xodimlarimizdan o‘z ishlariga yanada mas’uliyatliroq bo‘lishlarini chin dildan so‘rab qolamiz!

Vali To‘ra




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 18278 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yalang‘och ayol, Qalam, olma
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное