Havo harorati 40-45 darajagacha tushib ketishi mumkin
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sovuq ob-havo tufayli maktab o‘quvchilari va kollej talabalari uchun darslar vaqtincha bekor qilingan, deb yozadi xs.uz sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, shaharda 22 yanvar kuni ob-havo keskin yomonlashgan. Qutqaruvchilar aholini o‘z farzandlarini ko‘chaga chiqarmaslikka chaqirayapti. Qahraton sabab boshqa qator hududlarda ham maktab-kollejlar faoliyati to‘xtatilgan. Bunday ob-havo 26 yanvarga qadar saqlanib turishi bashorat qilinayapti. Oqmola viloyatida uch kishi muzlab qolib, vafot etgan. Sinoptiklarning aytishicha, sovuq yanada kuchayib, joylarda kechqurun havo harorati 40-45 darajagacha tushib ketishi mumkin.