Olma-ota yaqinidagi tog‘larga "birinchi qor" yog‘di
Qozog‘istonning janubi-sharqidagi Olma-ota shahri atrofidagi tog‘li hududda birinchi qor yog‘di.
Qozog‘istonliklar turli joylarda tushirilgan va qor qoplagan joylarning suratlarini VKontakte ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirishgan.
Suratlarda Beshqaynar hududi va "Shimbuloq" tog‘li kurortiga qalingina qor to‘shalganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, internetdagi suratlar orqali «Medeo», «Oqbuloq» va «O‘rmon ertagi» kabi dam olish maskanlariga ham qor yog‘ib o‘tganini ko‘rish mumkin.