Olimlar yomon tush ko‘rish va bosinqirash sabablarini aniqlashdi, deb xabar berdiTengrinews.kz nashri.
Ular bu haqda odamlarni ogoh etishga qaror qilishdi. Britaniyalik olimlar ommaviy ravishda kuzatuv o‘tkazib, aholining qo‘rqinchli tush ko‘rish sabablarini aniqlashdi. Tadqiqot jarayonida mazkur muammoni o‘rgangan olimlar 800 ga yaqin kuzatuv va so‘rovnomalar o‘tkazishdi.
Tadqiqotda ishtirok etishga rozi bo‘lgan odamlardan maxsus anketalarni to‘ldirish talab etildi. Ishtirokchilar har bir hujjatda bir kunda necha soat uxlashi, uyqu tartibi va bosinqirash sodir bo‘lish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Yaqinda qo‘rqinchli tush ko‘rgan va stressga uchragan odamlarga katta e’tibor qaratildi.
So‘rovnoma tahlilidan keyin sutka davomida 9 soatdan ko‘proq uxlagan odamlar tez-tez bosinqirab, qo‘rqinchli tush ko‘rganligi ma’lum bo‘ldi. Olimlar qo‘rqinchli tush ko‘rish xavotir bilan bog‘liqligini ta’kidlashdi. Shularni hisobga olib, olimlar odamlarga 9 soatdan ortiq uxlamaslikni, vaqtida uxlab, vaqtida turishni maslahat berishdi.