Kopengagen universiteti qoshidagi shifoxona tadqiqotchilari aniqlashicha, ortiqcha vazndan aziyat chekadigan odamlar hayotining so‘nggi o‘n yilida turli sabablarga ko‘ra, erta o‘lim ehtimoli pasayar ekan.
O‘zgarishlar sababi hali aniq emas, biroq olingan natijalar semizlikka bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirishga turtki bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari Journal of the American Medical Association jurnalida chop etildi.
Olimlar kam sonli o‘lim holatlari bilan bog‘liq tana vazni indeksi (TVI) ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasini o‘rganib chiqishdi.
Buning uchun ular Daniya aholisi vakillaridan iborat uch guruh kishilarni tahlil qilishdi (1976-1978 yillarda 13 ming nafar, 1991-1994 yillarda 9482 nafar va 2003-2013 yillarda 97 ming nafar kishi). Izlanuvchilar ma’lum TVIga ega odamlarda o‘lim xavfi yillar davomida o‘zgarish-o‘zgarmasligini aniqlashdi.
Mutaxassislar o‘lim darajasi past ko‘rsatkich bilan bog‘liq TVI ahamiyati kutilmaganda uch o‘n yillikda – 1976 yildan 2013 yilgacha uchta punktga o‘zgardi va har kvadrat metrga 27 kilogrammni tashkil etdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har kvadrat metr uchun 25dan 30 kilogrammgacha bo‘lgan TVI ortiqcha tana vazni yoki semizlik oldi holati hisoblanadi. Birinchi darajali semiz odamlarda (har kvadrat metr uchun 30 kilogrammdan ortiq TVI) turli sabablarga ko‘ra, o‘lim xavfi koeffisienti 1,3dan 1taga kamaygan.
Natijalar jinsi, chekishi, yurak, qon-tomir xastaliklari yoki saraton bilan bog‘liq kasallik tarixidan qat’i nazar barcha yoshdagilar uchun xolis bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, optimal TVI hozirda ortiqcha vaznga ega deb hisoblanuvchi odamlarga taalluqli bo‘lib chiqadi. Agar ushbu xulosa boshqa tadqiqotlarda ham tasdiqlansa, bu ortiqcha vaznni xavf tug‘diruvchi bo‘limga kirituvchi jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti klassifikatsiyasini qayta ko‘rib chiqishga ishora qiladi.