Olimlar koronavirusni ikki daqiqa ichida yo‘q qilish usulini topishdi
Tadqiqotni Nyu-Jyersidagi Rutgers tibbiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti va mintaqaviy biologik xavfsizlik laboratoriyalari bilan hamkorlikda Colgate kompaniyasi o‘tkazgan. Tarkibida rux yoki qalay bo‘lgan tish pastalari koronavirusni ikki daqiqa ichida 99,9 foizga yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda Britaniya stomatologiya assotsiatsiyasining British Dental Journal nashrida chop etilgan tadqiqot natijalarida ma'lum qilindi. Shuningdek, tarkibida tsetilpiridiniy xloridi bo‘lgan og‘iz chayish vositalari ham og‘izdagi koronavirusni yo‘qotgan. Bu unsurni tish pastalari va tomoqqa sepiladigan spreylar tarkibida ham uchratish mumkin. Og‘izdagi koronavirusni butunlay yo‘qotish uchun tsetilpiridiniy xloridili og‘iz chayish vositasiga 30 soniya kerak bo‘ldi, deyiladi maqolada. Tadqiqotni Nyu-Jyersidagi Rutgers tibbiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti va mintaqaviy biologik xavfsizlik laboratoriyalari bilan hamkorlikda Colgate kompaniyasi o‘tkazgan. «Tsetilpiridiniy xloridi xususiyatlaridan koronavirusni davolashda emas, balki uning profilaktikasida foydalanish kerak», — dedi Gamaleya nomidagi markazning bosh ilmiy xodimi Anatoliy Alshteyn. Uning so‘zlariga ko‘ra, tsetilpiridiniy xloridi SARS-CoV-2 virusining lipid qobig‘ini yemiradi va uning yo‘q qilinishiga olib keladi. Shuning uchun koronavirus yuqtirgan bemor tarkibida ushbu unsur bo‘lgan vosita bilan og‘zini tez-tez chayib turishi lozim.