Minglab odamlar yangi koronavirusni yuqtirishdi, shu sababli chegaralar yopildi va butun Xitoy hududlarida karantin e’lon qilindi. Ammo bu virus hali ham o‘z nomiga ega emas.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) “2019-n CoV” vaqtinchalik nomini taklif qildi. Bu virus aniqlangan yil, “n” harflari va CoV - koronavirus so‘zining qisqartmasi. Ammo bu nomlanish ommaviy qo‘llanilmayotganligi sababli bir guruh olimlar virusga qisqa va tushunarli nom berish haqida bosh qotirishmoqda.
“Bu nomni ishlatish qiyin va natijada jurnalistlar, keng jamoatchilik o‘zlaricha yangi nomlar o‘ylab topmoqdalar, shular qatorida “xitoy virusi” deb atalayotgan o‘rinlar ham mavjud. Bu holat esa ba’zi mamlakatlarning aholisiga nisbatan kamsitish bo‘lishi mumkin” deydi, doktor Uotson.
Ushbu virusni boshqalardan ajratish uchun olimlar hozir uni oddiygina “yangi” deb atashmoqda.
Cho‘chqaning cho‘chqa grippiga qanday aloqasi bor edi?
2009-yilda H1N1 virusi “cho‘chqa grippi” deb nomlandi. Natijada, Misrdagi barcha cho‘chqalar so‘yilgan. Ammo gripp cho‘chqalardan emas, balki odamdan odamga yuqqan. Bundan tashqari, 2015-yilda yangi virus epidemiyasini “Yaqin Sharqdagi nafas olish sindromi” deb nomlanganligi ham JSST tomonidan tanqid qilindi.
“Biz nomlagan kasalliklarning ayrim nomlari ma’lum bir diniy yoki etnik jamoalarga qarama-qarshiliklar va sayohat, savdo ishlarida ham ba’zi to‘siqlarni vujudga keltirgan” deyiladi JSST bayonotida.
JSST yangi virusni nomlashda zaruriy tavsiyalar ro‘yxatini e’lon qildi: geografik nomlar, odamlarning ismlari, hayvonlarning yoki oziq-ovqat turlarining nomlaridan faoydalanmaslik zarur. Tanlanadigan nom qisqa va aniq tasnifli bo‘lishi kerak.
Texasning A&M universiteti virusologiya bo‘yicha professori Benjamin Nyumanu mutaxasislar bilan birgalikda virusning ehtimoliy nomlanishhi bo‘yicha muhokama olib borayotganligi va keying ikki kunda muayyan to‘xtamga kelishini bildirgan.