Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Olimlar kolbasa va sosiskalarning xavfidan ogohlantiradi


Olimlar ishlov berilgan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish, insonlarda xavfli o‘smalar kelib chiqishining ehtimolini oshirishini aniqlashdi. Bu to‘g‘ridagi maqolaEuropean Journal of Cancer ilmiy jurnalida chop etildi.

Glazgo universiteti mutaxassislari 260 ming nafar o‘rta yoshdagi ayollarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishgan.

Tadqiqotda aniqlanishicha, bir kunda 9 (to‘qqiz) gramm qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish, ayollarda ko‘krak saratoni bilan kasallanish ehtimolini 15 foizga oshiradi. Bu, bir hafta davomida ikkita sosiska yoki uchta parrak qilib kesilgan, dudlangan go‘shtni iste’mol qilish deganidir.

Tadqiqot natijasida qayd etilishicha, aynan qayta ishlangan go‘sht mahsuloti shunday xavf tug‘diradi.

Bundan oldinroq, BJSST bir kunda 50 gramm qayta ishlangan go‘sht mahsulotini iste’mol qilish, insonda xavfli o‘smalar paydo bo‘lishi ehtimolini 18 foizga oshirishini aniqlagan edi.

Obil Safarov



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 6377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Olimlar, kolbasa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное