Odil Ahmedov: futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yamizmi?
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy–O‘zbekiston uchrashuvi mezbonlarning kichik (1:0) hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangani haqida xabarbergandik.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:0) ancha keskin ruhda fikr bildirdi.
“O‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo qancha golli vaziyatlardan foydalana olmadik.
Endi oxirgi imkoniyat qoldi... Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinda yo g‘alaba qozonishimiz kerak, yoki futbol o‘ynashni umuman yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak. Biz muxlislardan qarzmiz, o‘sha qarzni uzishimiz shart”, deydi Odil Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya o‘z maydonida Eron bilan durang o‘ynadi (0:0). Suriya terma jamoasi esa Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bahsda Janubiy Koreyani mag‘lub etgan taqdirda ham Suriya termasi Eron ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv chiptalarini “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.
2014 - yilgi saralashda ham huddi manashunday ahvol bolgandi Ishqilib chiqiyligda Jch ga Masharipov va sardorni tushirish kerag edi afsus babayan taktikani bilmaydi tajribasi pas uni nesterov babayanni 2 yildan beri amalga oshirib kelayotgan hatosini korsatib berdi. Har doim shunaqa oyinchilardi togri tanlashdi blmaydi biroz ananani buzib geynrix, odil ahmedov, haydarov, sardor rashidov, masharipov va nesterovlardi birlashtirish kere. oyinda manashu fudbolchilarni asosiy tarkibda tushirish kere!