Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Obama AQShning terrorchilikka qarshi kurashidagi 4 qadamini sanadi

AQSh prezidenti Barak Obama 6 dekabr kunida AQShdagi xavfsizlik yuzasidan millatga murojaat qildi.
“Yakshanba kuni prezident Obama asosiy ustuvor vazifa – amerika xalqining xavfsizligini amalga oshirish uchun hukumat qabul qiladigan qadamlar borasida Oq uyning Oval kabinetidan millatga yuzlandi”, deyilada Oq uy xabarida.
U o‘z murojaatida Qo‘shma shtatlarning dunyodagi terrorchilikka qarshi kurashidagi 4 qadamini sanab o‘tdi.
Uning qayd etishicha, AQShning bu boradagi ilk qadami Suriya va Iroq hududida IShIDga qarshi kurashni rivojlantirishidir.
Ikkinchisi, AQSh ko‘magida Iroq va Suriyada jangarilarga qarshi mahalliy harbiylar tayyorlanishi. "Biz o‘n minglab suriyalik va iroqlik harbiylarni IShIDga qarshi kurashi uchun tayyorlashda davom etishimiz kerak", deydi Obama.
Shuningdek, AQSh Fransiya va boshqa ittifoqchi davlatlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.
To‘rtinchi qadam sifatida esa, Suriyadagi siyosiy inqirozni hal qilish uchun barcha mamlakatlar birlashishi hisoblanadi.
"Bu ittifoq Suriya xalqini va boshqa barcha mamlakatlarni, ittifoqchilarimizni, qolaversa, IShIDni yo‘q qilishni maqsad qilgan Rossiyani ham o‘z ichiga oladi", deya qayd etadi Obama.
Bundan oldinroq, Obama o‘z murojaatida AQSh kongresidan mamlakatda avtomat qurollar sotuvini cheklashni so‘ragani xabar qilingandi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2672 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zilzila, yer qimirladi, yer osti silkinishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное