Joriy yilning 17 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa qismida (Moskva viloyati) shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 15-20 darajagacha asta-sekin pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
17-18 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.