O‘zgidromet 7 viloyat aholisiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Joriy yilning 24-26 fevral kunlari A-373 Toshkent-O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rish masofasi 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Xabibullayev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-28 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz”, deb yozgan Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori.