O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan “O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi.
“Tanlovning mamlakat bosqichida tuman, shahar va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 xotin-qiz qatnashdi”, — deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar uchun barqaror ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etishgan. “Qonunlarimiz hayotimiz asosidir” deb nomlangan shartda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. “Siyosiy hozirjavoblik” shartida qatnashuvchilarning siyosiy bilimi, notiqlik mahorati baholandi.