O‘zbekistonlik yigit Nyu-Yorkda o‘z onasining qotiliga aylandi
AQShning Nyu-York shtatida istiqomat qilib kelgan, asli o‘zbekistonlik yigit o‘z onasining qotiliga aylandi, deya xabar bermoqda “Nydailynews.com” sayti.
O‘tgan shanba kuni Nyu-York politsiyasi Kuins tumanidagi ko‘llardan birida o‘z o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgan 58 yoshli ayol jasadini topdi.
Deyarli 30 soat davom etgan qidiruv ishlari natijasida g‘avvoslar marhumaning jasadini Willow ko‘lidan topib chiqdi. Jasad o‘g‘ilning sumkasiga joylashtirilgan edi.
Roman Gorbunov qotillik va onasining jasadini berkitishda ayblanmoqda. Shanba kuni Gorbunovni 112-politsiya uchastkasiga olib ketildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qotil onasi bilan tez-tez ziddiyatga borib turgan. 27 sentabr kuni shunga o‘xshash ziddiyatlarning birida onasi unga sanchqi o‘qtaladi. Shundan so‘ng u onasining boshiga likopcha bilan zarba bergan va onasini o‘lgunicha tayoq bilan urgan.
Keyin jasadni o‘z sumkasiga joylashtirgan, taksi chaqirgan va qopni ko‘lga borib uloqtirgan. Keyinchalik, taksi haydovchisi politsiyaga katta xajmdagi sumkasi bor shubhali shaxsni ko‘lga eltib qo‘ygani haqida habar beragan.
Gumonlanuvchi Roman Gorbunov iyun oyida onlayn tarzida maxsus qoplarni sotib olgan. Balki o‘z onasining qotili bu ishlarni oldindan rejalashtirgan bo‘lishi ham mumkin.
Ayblanuvchi o‘zi istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uyning qoravulxonasidan kuzatuv kamerasi tasvirini ko‘rsatib turuvchi ekranni o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, oldin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida istiqomat qilgan Gorbunovlar oilasi 2010 yilda Grin Kard orqali AQShga borgan.