O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar 18 mayga qadar davom etadi
Gidrometeorologiya markazidan xabar qilinishicha, Toshkentda va respublikaning ba’zi hududlarida yog‘ingarchiliklar 18 mayga qadar davom etadi.
Nukus, Urganch, Navoiy, Buxoro, Qarshi va Samarqand shaharlarida 18 may kuni havo o‘zgarib turadi.
Harorat Toshkent shahrida kechasi 15-17, kunduzi 25-27 daraja iliqni tashkil etadi. Shuningdek, esayotgan shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
14-15 may kunlarida kuzatilgan tinimsiz yomg‘ir sababli Toshkent ko‘chalarini suv bosdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida yog‘ingarchiliklar miqdori 19 millimetrni tashkil etdi.