Kuchli yomg‘ir Toshkent ko‘chalarini suvga to‘ldirdi
16-may, shanba oqshomida yoqqan kuchli yomg‘ir Toshkent shahri ko‘chalari yana suvga to‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Jumladan, Muqimiy ko‘chasiga kirish qismi, Kichik halqa yo‘li, Mirobod bozori atroflarida ko‘p suv to‘plangani aytilgan va fotosuratlar ilova qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kuchli yomg‘ir tufayli avval ham bir necha marta Toshkentning qator ko‘chalari suvga to‘lib qolgan edi.