Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda oktabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?


Gidrometeorologiya xizmati markazi kuzatuvlarga asosan O‘zbekistonda oktabr oyida qanday ob-havo hukm surishi haqida ma’lumot berdi.

“O‘zgidromet” mutaxassislarining dunyoning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib bergan baholariga ko‘ra bu yilgi oktabr oyi harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlar atrofida bo‘ladi, yoki undan 1-2 darajaga past bo‘lishi mumkin.

Hozir davom etayotgan birinchi o‘n kunlikda harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja. Oyning ikkinchi yarmi va oxirigacha harorat bir oz pasayib kechasi +7...+12 darajadan +2...+7 darajagacha, kunduzi esa +20...+25 darajadan +12...+17 darajagacha o‘zgaradi.

Yog‘inlar bo‘yicha ham okyabr oyi meyorlarga yaqin bo‘lishi, ayrim joylarda esa o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Mamlakatning shimoliy hududlari — Qoraqalpog‘istonda Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda jaunibadig Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 2-10 mm.gacha, qolgan joylarda 15-30 mm, respublikaning tog‘ va tog‘oldi tumanlarida 44-74 mm.gacha yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Kuzatuvlar davri mobaynida bundan ham ko‘p yomg‘ir yoqqan oktabr oylari bo‘lgan. Umuman olganda yomg‘irli kunlar soni o‘rtacha 5-7 kun, Buxoro va Navoiyda 2-4 kunni tashkil qilishi mumkin. Masalan, Toshkentda 1951 yilda oktabr oyida 18 kun yomg‘irli bo‘lgan.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3912 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, ob-havo, qanday bo‘ladi, oyida, oktabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное