O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi
Shu yilning 7 aprel kuni poytaxtlik, 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan.
Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor bugun ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi.