Bir necha kunlik past harorat hamda ketma-ket yog‘ingarchiliklardan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab harorat yana ko‘tarilishni boshlamoqda.
Gidrometeorologiya xizmatining xabar qilishicha, dam olish kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Ertaga, 8 oktabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi 20–22 daraja, kechasi 6–8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Harorat kunduzi +17...+22 daraja, kechasi +3...+8 daraja.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ertaga havo quyoshli bo‘ladi. Harorat kunduzi 25 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 7–12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida ertaga harorat kunduzi +17...+22 daraja, kechasi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham ertaga harorat 22 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi 7–12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.