O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati keskin ko‘tariladi
20-23 maydan boshlab respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tariladi.
Meteorologlarning ma’lum qilishicha, havo o‘rtacha 35 darajagacha isiydi. O‘zbekistonning janubi - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deya xabar beradi Uz24.
Havo biroz o‘zgarib tursa-da, respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.