Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qor yog‘ishi mumkin

7-9 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi tumani (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 7-9 aprel kunlarida respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 aprelda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 9 aprel kuni ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 7-8 aprelda shamol tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.
Havo harorati 7 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9 aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida qor yog‘ishi kuzatilgandi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6296 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное