“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, bugun, 23-dekabr, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha sovuq antisiklon saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kunning ikkinchi yarmida tog‘ning alohida tumanlarida qisqa muddatli qor yog‘ishi mumkin. Harorat 2—7 daraja iliq bo‘ladi.
24-dekabr, seshanba kuni sovuq antisiklon asta-sekin chekinib, Qozog‘istonning shimoliy-sharqiy qismiga harakatlanadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tarilib 5—10 daraja iliqni tashkil etadi, kechasi 0—5 daraja sovuq havo saqlanib turadi.
25-deakbr, chorshanba kunidan boshlab haftaning oxiriga qadar O‘zbekiston hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0—5 daraja iliq, kuduzi 10—15 daraja iliqqacha ko‘tariladi va bu me’yordan 3—5 daraja yuqori.
Hafta davomida Respublika bo‘yicha ayrim joylarda tuman tushishi sababli kechasi va ertalab ko‘rinish pasayishi mumkin.