O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 11 iyundan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 5,11 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8518,68 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 yevro kursi 145,42 so‘mga oshib, 9652,52 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 0,92 so‘mga qimmatlab, 131,33 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.