Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2831 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2016 yilning 26 yanvaridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 5 so‘m 1 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 831 so‘m 49 tiyinni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 11 so‘m 92 tiyinga qimmatlashib 3 090 so‘m 80 tiyinni tashkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati yana pasaydi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 1 so‘m 78 tiyinga arzonlashib, 35 so‘m 14 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2453 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘zbekistonda dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное