O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 2 tiyinga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 23-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2871 so‘m 77 tiyin etib belgilandi. Bu 15-martdagi kursganisbatan 5 so‘m 2 tiyinga ko‘p.
23-martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3217 so‘m 60 tiyin (15-martdagi kursga nisbatan 49 so‘m 6 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 442 so‘m 40 tiyin (15-martdagi kursga nisbatan 90 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 41 so‘m 74 tiyin (15-martdagi kursga nisbatan 97 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.