Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 4 tiyinga oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 10-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2861 so‘m 68 tiyin etib belgilandi. Bu 1-martdagi kursga nisbatan 5 so‘m 4 tiyinga ko‘p.
10-martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3246 so‘m 64 tiyin (1-martdagi kursga nisbatan 64 so‘m 78 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 439 so‘m 81 tiyin (1-martdagi kursga nisbatan 3 so‘m 54 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 39 so‘m 10 tiyin (1-martdagi kursga nisbatan 1 so‘m 6 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2742 | Рейтинг: 0| Рейтинг: rasmiy kurs, O‘zbekistonda dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное