O‘zbekistonda dollar qimmatlashdi, yevro arzonladi
O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 30 iyulidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi 42,20 so‘mga oshib, 8666,72 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursida esa pasayish kuzatildi (-34,99) va bir yevro 9641,71 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 29 tiyinga pasayib, 136,63 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.