O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ertaga, 5 dekabr sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan bo‘ladigan yangi qiymatini e’lon qildi.
Xabarda aytilishcha, AQSh dollarining qiymati biroz o‘sgan. Bu o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 45 tiyinga ko‘paygan bo‘lib, 1 AQSh dollarining qiymati 8096 so‘m 45 tiyinni tashkil qiladi. 1 yevro qiymati esa 44,81 so‘mga pasayib, 9608 so‘m 72 tiyin deb belgilandi.
Ta’kidlash joiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.