Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,17 so‘mga pastlab, 11 330,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 41,60 so‘mga tushib, 12 098,22 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,76 so‘mga pastlab, 153,08 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ham ushbu valyuta kurslarining barchasi so‘mga nisbatan pastlagandi.