Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 23 oktabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 18 so‘m 06 tiyinga qimmatlashib, 8226 so‘m 10 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 19 so‘m 43 tiyinga arzonlashib, 9470 so‘m 71 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 so‘m 91 tiyinga qimmatlashib, 125 so‘m 76 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 45 so‘m, 35 tiyinga arzonlashib, 10 751 so‘m, 51 tiyinni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.