O‘zbekistonda hafta oxirida qanday ob-havo kuzatilishi haqida «O‘zgidromet» tomonidan xabar berildi.
Unga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning shimoliy hududi — Qoraqalpog‘istonga Kavkaz rayonlaridan nam havo oqimi kirishi kutilmoqda. Natijada ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarga yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘ishi mumkin. O‘zbekiston hududining katta qismida 14 fevralda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Havo 9-14 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Respublika shimolida esa 2-7 darajagacha ilishi mumkin.
15 fevralda nam havo oqimining ta’siri mamlakatimizning katta qismiga tarqaladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib o‘tadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
16 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.