Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 2018-yil 16-noyabrdan tabiiy gaz narxi oshirilishi kutilmoqda


O‘zbekistonda tabiiy gaz tariflari 2018-yilning 16-noyabrdan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida keltirilgan, deya xabar beradi “Turon 24”.

Qarorga ko‘ra, gaz hisoblagichlari o‘rnatilgan xonadonlar uchun tabiiy gaz narxi 16-noyabrdan 10 foizga oshib, bir kub metr uchun 320 so‘mga teng bo‘ladi. 2019-yil 1-iyundan boshlab esa 350 so‘mga ko‘tariladi.

Gaz hisoblagichi o‘rnatilmagan xonadonlar uchun 16-noyabrdan yangi narx 553 so‘mni tashkil etadi. 2019-yil 1 iyundan esa 605 so‘mga ko‘tariladi. Lekin ularning uyni isitish uchun ishlatgan gaz hajmi 320 so‘mdan hisoblanadi.

Korxona va tashkilotlar uchun esa gaz narxi 16-noyabrdan boshlab 600 so‘mni tashkil etadi. 2019-yil 1-iyundan esa gaz narxi yana 50 so‘mga oshib, 650 so‘mga tenglashadi.

Bunda g‘isht, asfalt, sement va boshqa bir qator qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, restoran va kafelar (mehmonxonalardan tashqari) va issiqxonalar uchun tabiiy gaz narxi 1000 so‘m qiymatida qoladi. Lekin ushbu korxonalar energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalar ishlatsa, ular uchun gaz narxi 16-noyabrdan 600 so‘mga tushadi. 2019-yil 1-iyundan esa 650 so‘mga teng bo‘ladi.

Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari uchun tabiiy gaz narxi ham 800 so‘m qiymatida qoladi.

Bundan tashqari, 2019-yildan boshlab tajriba sifatida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida xo‘jaliklar uchun tabiiy gaz iste’moli bazaviy normasi joriy etiladi. Bazaviy norma xususiy turar joyiga ega abonent uchun isitish mavsumida oyiga 1000 kub metr qilib belgilanadi. Boshqa vaqtda esa norma oyiga 250 kub metrga teng bo‘ladi. Tabiiy gaz iste’moli normadan oshib ketgan qismiga tarif 20 foiz qimmatroq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3539 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oshadi, tabiiy gaz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное