Turkmaniston hududi orqali esib kelayotgan quruq hamda janubiy yerlardan (Eron) Markaziy Osiyoga kirib kelayotgan juda issiq havo oqimi tufayli 7-10 iyul kunlari O‘zbekistonda ham yuqori havo harorati kuzatilishi mumkinligi haqida «O‘zgidrometeorologiya» xizmati ogohlantiradi.
Xabarga ko‘ra, havo harorati odatda kuzatilganidan 5-7 darajaga baland bo‘lishi kutilmoqda. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorat 44-45 daraja issiq bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 40 daraja issiqdan yuqori ob-havo sharoiti O‘zbekiston iqlimi uchun begona holat emas. Masalan, 2017 yil iyul oyida ham shunday havo harorati kuzatilgan. 2015 yil iyul, 2013 yil avgust oyi boshida ham O‘zbekistonda jazirama bo‘lgandi.
Toshkent shahridagi ob-havoning eng issiq darajasi 1997 yil 18 iyulda, ya’ni 20 yil ilgari qayd etilgan. O‘shanda kunduzi quyosh nurlari 44,6 daraja qizdirgandi.