O‘zbek kinosida yana bir film yaratilmoqda. Ayni damda Xorazmda suratga olish jarayoni jadal olib borilayotgan kartinaning nomi “Ma’suma” deb nomlanadi. Unda bosh rollarni jozibador aktrisa Shahzoda Matchanova va mahoratli aktyor Adiz Rajabov ijro etmoqda.
Ushbu kino asarning suratga olish jarayonidan aktyor va aktrisalar ijtimoiy tarmoqlar orqali fotosuratlarni taqdim etib kelishmoqda. Kino asarning nomini o‘ziyoq ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘yganini ham ko‘rishimiz ham mumkin. Demak, tez kunda katta ekranlarga chiqishi kutilayotgan kartinalar soni yana bittaga ortdi. Kutamiz, kuzatamiz.