Rejissyor Rustam Sa’diev “Er bermoq-jon bermoq” filmining davomini suratga olish uchun aktyorlar o‘rtasida kasting o‘tkazmoqda. Bu haqda rejissyor o‘zining Instagram`dagi sahifasida xabar berdi.
Filmning birinchi qismida bosh qahramonni gavdalantirgan Ulug‘bek Qodirov “Er bermoq-jon bermoq”ning mantiqiy davomida ishtirok etmaydi. Yangi filmda Dilnoza Kubayevaning turmush o‘rtog‘i rolida Adiz Rajabov suratga tushadi.
Rejissyor filmda Dilnoza Kubayeva va Adiz Rajabov suratga tushishini bildirganidan so‘ng internet foydalanuvchilari uni Ulug‘bek Qodirov nima sababdan film davomida suratga tushmayotgani haqidagi savollar bilan murojaat qilishdi. Ulardan biri aktyor Alisher Uzoqovni komik rollarini sog‘inganini yozib qoldirdi. Bunga javoban aktyor “Rostanam nega Ulug‘bekmas? Yoki nimaga Uzoqovmas? Adiiiz?”, deya xazilomuz izoh qoldirdi.