Bu yil O`zbekistonning asosiy Yangi yil archasi "Lokomotiv-Anxor” bog`i yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod bo`lgan bayram maydonining markazida qad ko`tardi, deb yozadi “Uz24.uz”.
Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Uning barcha ehtiyot qismlari, hattoki unga bezatiladigan o`yinchoqlar ham Rossiyadan keltirildi. Archa 10 mingdan ziyod qo`g`irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilgan.
Eslatib o`tamiz, Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016 yil 28 dekabrdan boshlanadi va 2017 yil 8 yanvargacha davom etadi. Yangi yil archalari poytaxtning yana 8 ta maydonida o`rnatildi.