Nyu-Yorkda so‘nggi 40 yillikdagi eng kuchli yer qimirlashi kuzatildi
Joriy yilning 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:15 da AQSHning Nyu-York shtati shimoli-g‘arbiy qismi Uest-Senek shahridan 2 kilometr sharqiy uzoqlikda yer qimirlashi kuzatildi. Bu haqda “NBCnews” telekanali xabar berdi.
“Dushanba kuni ertalab Nyu-York shtati Buffalo tumaniga yaqin hududda so‘nggi 40 yillikdagi eng kuchli – 3,8 magnitudali yer qimirlashi qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
1983 yildan boshlab hozirga qadar Uest-Senek shahrida 2,5 magnitudan bo‘lib 2,5 magnitudan yuqori 24 ta zilzila qayd etilgan. Biroq 6 fevraldagi yer qimirlashi ularning orasida eng kuchlisi bulgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.