7-sentabr kuni Yerga 20 metrli asteroid yaqinlashadi
2014 RC raqamli asteroid AQSh sharqiy sohili vaqti bilan 7-sentabr 14:18 da (Toshkent vaqti bilan 23:18 da) yerga yaqinlashadi. Diametri 20 metrga teng obyekt sayyoraga minimal masofada yaqin keladi, deya xabar bermoqda NASA saytida.
Asteroid Yangi Zelandiya tepasidan uchib o‘tadi, bu Yer uchun hech qanday xavf solmaydi. Yaqinlashgan paytida u sayyoradan 40 ming kilometr balandlikda bo‘ladi.
Astronom olimlar 2014 RC’ni ilk bora 2014-yil 31-avgustga o‘tar kechasi Arizonadagi observatoriyadan aniqlashdi. So‘ng, 1-sentabrga o‘tar kechasi Gavayi orollaridagi Pan-STARRS mustaqil teleskopi ham obyektni qayd etdi.
Ikkala observatoriyaning kuzatuv natijalari Kembridj (Massachusets)dagi Kichik sayyoralar markaziga yuborildi. Catalina Sky Survey loyihasi observatoriyasi va Gavayi universitetining 2,2 metrli teleskopi 2014 RC trayektoriyasining o‘lchamlarini tasdiqladi.
Bundan buyon olimlar obyektni kuzatishda davom etmoqchi, chunki mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, u yana Yerga qaytib keladi.