Nilufar Usmonova so‘nggi paytda omma ko‘zidan yo‘qolib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham biron ijodiy yangiligi haqidagi xabarga ko‘zimiz tushmadi. Kuni kecha kichik primadonna yangiliklarini saytimiz bilan bo‘lishdi. Nilufarning aytishicha, u shu kunlarda yangi qo‘shiq ustida ishlamoqda. “Kelaqol jonim”. Yangi qo‘shiq mahzun musiqa asosida yangraydi. Musiqasi va matni Yulduz Usmonovaga tegishli. Qo‘shiqning qay darajada ommalashishi borasida bahs qilmasa ham bo‘ladi. Axir, Yulduz yozgan qo‘shiq qachon tinglovchilar qalbiga yetib bormagan? Ustiga ustak, maromiga yetkazib kuylashni katta talantning qoni oqayotgan qizi uddalashiga shubha yo‘q. Nilufarning ovozida, sahna manerasida primadonnaga xoslik vaqt o‘tgan sayin sezilmoqda.
Darvoqe, bahorda Nilufar Usmonova katta shov-shuvlarni va’da qilmoqda. Omad yor bo‘lsin!