Nilufar Usmonovaning jajji qizi reklama “yulduzi”ga aylandi
Mart oyida yana bir bor onalik baxtiga musharraf bo‘lgan Nilufar Usmonova boshqa mashhur yulduzlar kabi Instagram’ga o‘z qizining yuzini yopib, suratlar joylamadi. Uzoq yillar kutgan qiz farzandiga yaxshi niyat bilan Sa’diya, deb ism bergan Nilufar Usmonova ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini yangi suratlar bilan boyitdi.
5 oylik bo‘lgan Sa’diyaxon jajji “yulduz”ga aylandi. Sa’diya O‘zbekistondagi tibbiy muassasalardan birining reklamasida ishtirok etdi. Qizaloqning suratlari bannerlarga joylashtirildi.
3 oylik vaqtida olingan suratlarda Sa’diya Rahimova deb yozilgan va Nilufar Usmonovaning aytishicha, bu suratlarni ko‘pchilik internet tarmog‘idan olingan fotosuratlar deb o‘ylagan. Aslida esa suratlardagi jajji qizaloq Sa’diya. Nilufar Usmonova o‘z sahifasi orqali qizining o‘ziga o‘xshamasligini aytib, uning hatto, sochi ham otasinikiga o‘xshash ekanligini yozgan.