Nilufar Usmonova qiziga qanday ism qo‘yganini ochiqladi
Avvalroq, xonanda Nilufar Usmonova beshinchi farzandini dunyoga keltirgani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 1 avgust kuni qiz farzandini kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirgan Nilufar Usmonovaga kecha, 8 avgust kuni tug‘ruqxonadan chiqishiga ruxsat berilgan.
Xonandani shaxsiy uyida onasi – O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va do‘stlari, san’at olamidagi yaqinlari qarshilagan. Xonanda ikkinchi qiz farzandiga Sofia deb ism qo‘ygan.
Usmonova bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislaridan kelgan tabriklarga minnatdorlik bildirdi.
“Yaratganga behisob shukrlar bo‘lsin! Men yana ona bo‘ldim. Beshinchi farzandning onasi bo‘ldim. Bu kunga yetishning o‘zi bo‘lmadi. Do‘stlarim, yaqinlarim, oilam menga ko‘mak bo‘lib, qo‘llab-quvvatlashdi. Siz mehribonlarimning mehringiz, duolaringiz bilan bu kunlarga yetib keldim”, deb yozadi Nilufar Usmonova.