Sohirovoz va jozibali xonanda Nilufar Usmonova shu kunlarda muxlislari uchun juda ko‘p sovg‘alar tayyorlashga ulgurdi. Ulardan biri "Dema dema" deb nomlangan qo‘shiq bo‘lib, sho‘x yo‘nalishda kuylangan. Xonandaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu musiqiy asar Shahboz va Navro‘z bilan hamkorlikda yozilgan. Taronaga Jamshid Abdunazarov tomonidan musiqiy sayqal berilgan. Allaqachon mazkur qo‘shiqqa videoklip suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Shu kunlarda tasvirga tushirish ishlari boshlab yuboriladi. Klipga xonanda har doimgi hamkori Sarvar Isaev rejissyorlik qilishini ham ma’lum qildi. Tasvirchi Rustam Murodov. Unda bosh rolni Umidaxon etishi kutilmoqda. Nilufar Usmonova mazkur ijodiy yangilikni biz bilan bo‘lishar ekan,ekan fursatdan foydalanib, muxlislariga videomurojaat ham yo‘lladi. Unda shu kunlarda xonandaning tashqi ko‘rinishi, ya’ni qomati bilan bog‘liq bo‘lgan sohta reklamaga aniqlik kiritgan. Videomurojaatda xonanda hech qanday dori-darmonlarni iste’mol qilmaganligi, reklama va undagi dori vositalaridan xabari yo‘qligi hamda ozdirishga hech qanday yordam bermasligi haqida gapirgan. Shuningdek, nafsni tiyish, dieta va sport ozishda yordam berishini aytib o‘tgan.