Ma’lumotlarga qaraganda, xonanda to‘rtinchi bor ona bo‘lish arafasida turibdi.
Xonanda bundan bir necha yil ilgari ikkinchi bor turmushga chiqqan edi. Bu orada u ikki o‘g‘illi bo‘ldi. Shunda ham turmush o‘rtog‘i kim ekanligini ommaga oshkor etganicha yo‘q. Nilufar Usmonovaning turmush o‘rtog‘i kimligi uning yaqin do‘stlariga ham sirligicha qolmoqda.
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Xonanda tahririyatimiz muxbirlari bilan bu mavzu haqida gaplashishni istamadi, hatto, homiladorligini yashirishga urindi. Biroq tez orada intervyu berishga va’da berdi. Nachora, Usmonovaning ko‘zi yorishini kutishdan boshqa iloj yo‘q.
Darvoqe, Nilufar Usmonova bundan bir necha yil ilgari OAVlarga bergan intervyusida qiz farzand ko‘rish – eng katta orzusi ekanini, qiz ko‘rmagunicha farzandli bo‘lishda davom etishini aytgandi. Balki u o‘z so‘ziga sodiq qolmoqchidir.
Ma’lumot uchun, xonandaning 3 o‘g‘li bor: Saida’zamxon 12 yoshda, Ibrohimxon 6 yosh, Sulaymonxon 5 yosh.