Nilufar Usmonovaning hayotida yana o‘zgarishlar...
Taniqli xonanda yana bir bor ona bo‘lish arafasida.
Bu xabar, avvalroq internet saytlarida yozilgan bo‘lsa-da, xonandaning o‘zi gapirishga shoshmadi. Bundan tashqari, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham turli tahminlarini ko‘rish mumkin edi.
Kuni kecha, Nilufar Usmonova instagramga yangi suratlarini joylab, barcha gaplarga o‘zi nuqta qo‘ydi. Kichik Usmonova ayni kunlarda beshichi bor ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotganini "Barakasini bersin!" degan izoh bilan e’lon qildi.
Biz ham xonandani, hayotidagi bunday quvonchli yangilik bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Eslatib o‘tamiz, xonanda o‘tgan yili to‘rtincha farzandi — Sa’diyaxonni dunyoga keltirgandi.